AQShning Mayami shahrida 27 yoshli Mordaxay Brafman falastinlik deb oʻylagan ikki kishiga hujum qildi. U kuzatuv kameralari tomonidan qurbonlar turgan mashinaga 17 marta oʻq uzgani tasvirga olingan. Hujum natijasida ikki kishi yaralangan, ammo omon qolishga muvaffaq boʻlgan.

Brafman dastlabki soʻroqda "Men ikki falastinlikni koʻrdim, oʻt ochdim va ikkalasini ham oʻldirdim" deb aytgan. Unga nisbatan qotillikka urinish boʻyicha ikki ayblov qoʻyilgan. Hozirda tergovchilar bu hujumni nafrat jinoyati sifatida tasniflash yoki tasniflamaslik masalasini oʻrganmoqda.

Musulmon tashkilotlari vakillari, jumladan, Floridadagi CAIR (Amerika-Islom munosabatlari kengashi) xodimi Amr Ruiz, hujum etnik yoki diniy adovat asosida amalga oshirilgani uchun nafrat jinoyati sifatida baholanishi kerakligini taъkidlamoqda.

Mavzuga aloqador