Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi boshchiligidagi hukumat Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad at-Toyyibni Gʻazoda yuz berayotgan genotsid haqidagi tanqidiy bayonotini olib tashlashga majbur qildi. Bayonotda Isroilning harbiy jinoyatlari va boshqa davlatlarning bu zulmdagi hamkorligi ochiq tilga olingan edi.

Gap shundaki, ushbu bayonotda himoyasiz aholiga oʻq otish, insonparvarlik yordami punktlariga hujum qilish harbiy jinoyat ekanligi aytilgan. Shuningdek, bu zulmni qurol va siyosiy yordam bilan qoʻllab-quvvatlayotgan har qanday davlat ham genotsidga sherik hisoblanadi.

Rasmiy izohda aytilishicha, bu bayonot Gʻazodagi gumanitar oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarga salbiy taъsir qilmasligi uchun olib tashlangan. Ammo ishonchli manbalarga koʻra, bu toʻgʻridan-toʻgʻri Misr prezidentligi talabiga binoan amalga oshirilgan.

Islom ulamolari ittifoqi rahbari Ali Qoradogʻiy ushbu bayonotning oʻchirilishini adolat va islomiy soʻzni yoʻq qilishga qaratilgan qoʻrqoqlarcha harakat deb atagan.

Mavzuga aloqador