Oʻzbekistonning «Navoiyuran» korxonasi Frantsiyaning Orano korporatsiyasi bilan Janubiy Jongeldi konida uran qazib olish boʻyicha yirik shartnoma imzoladi. Mutaxassislar mazkur hamkorlikni investitsiya va texnologiyalar jalb qilishda muhim qadam sifatida baholamoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 26 mart kuni rasmiy tashrif bilan Parijga keldi. Bu erda Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashib, Ukrainaga koʻrsatilayotgan yordam va uning kelgusi istiqbollari yuzasidan muzokaralar oʻtkazdi.