Mьyanma islomiy qarshiligi rahbari hibsga olindi
Bangladeshda Arakan qutqarish armiyasi (ARSA) rahbari Abu Ammor Junipi hibsga olindi. U mazkur tashkilot orqali Mьyanmadagi musulmon rohinjalarga qarshi buddist jangarilar tomonidan uyushtirilayotgan hujumlarga qarshi kurash olib borgan.
Bangladesh politsiyasi Junipining mamlakatga noqonuniy ravishda kirganini va davlat imijini buzishga qaratilgan faoliyatlarda ishtirok etganini bildirdi.
Abu Ammor Junipi, shuningdek, Ataulla nomi bilan ham tanilgan va u harakatning siyosiy va harbiy yoʻnalishlarida muhim rol oʻynagan. U asosan Mьyanma va Bangladesh chegarasidagi hududlarda faoliyat yuritgan.













