Mьyanmada odam savdosi qurboni boʻlgan oʻzbekistonliklar ortga qaytarildi
Mьyanmada odam savdosi qurboni boʻlgan ikki nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi.
Maъlum boʻlishicha, ular internetda yuqori maoshli ish taklif qilinganidan soʻng Tailandga borgan. Soʻng ular noqonuniy ravishda Mьyanmaga olib ketilib, odam savdosi bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh qoʻliga topshirilgan.
Vatandoshlar Mьyanmada noqonuniy markazlarda ishlashga majbur qilingan. Noqonuniy harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortgan muhojirlarga jismoniy zoʻravonlik va tahdidlar qoʻllanilgan. Jinoiy toʻda ularning ozod etilishi va vataniga qaytishi uchun katta miqdorda pul talab qilgan.
Mьyanmada oʻzbekistonliklardan tashqari 8 nafar Qirgʻiziston va 4 nafar Qozogʻiston fuqarosi ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolgani aytilmoqda.
Tailandda Qirgʻizistonning diplomatik vakolatxonasi yoʻqligi sababli Oʻzbekiston va Qozogʻiston diplomatlari ularni ham oʻz vataniga qaytishiga yordam koʻrsatdi, deyiladi xabarda.












