Nemischa islomofobiya ortida nima yotibdi?
16 sentyabrʻ kuni Germaniya Evropa Ittifoqidagi qoʻshnilarini ranjitgan holda chegaralari boʻylab vaqtinchalik nazoratni kuchaytirdi. Ichki ishlar vaziri Nensi Fezerning aytishicha, bu harakat nafaqat noqonuniy migratsiyani cheklashga, balki “islomiy terrorizm va tahdidlar” ni toʻxtatishga qaratilgan.
Bu xabar Germaniyaning Solingen shahrida yuz bergan
pichoqbozlikdan soʻng paydo boʻldi. Boshpana olish maqomidan mahrum etilgan va
deportatsiya qilinishi kerak boʻlgan suriyalik qochqin ushbu hujumni sodir etishda
ayblangan.
Baʻʻzilar bunday shafqatsiz chora sotsial-demokratlar, yashillar
va liberallardan tashkil topgan liberal-soʻl koalitsiyaning tashabbusi ekanidan
ajablanishi mumkin. Haqiqat shundaki, Germaniyaning barcha siyosiy doiralarida oʻngga
siljish va islomofobiya tobora kuchayib bormoqda.
Tahlilchilar oʻngga siljish drayveri sifatida “Germaniya uchun
oʻta oʻng muqobil” (Alternative für Deutschland – AFD) partiyasining yuksalishini
taʻʻkidladilar. Darhaqiqat, partiya milliy va davlat miqyosida sezilarli yutuqlarni
qoʻlga kiritmoqda. Oy boshida sharqiy Turingiya shtatidagi saylovlarda 32,8 foiz
ovoz bilan gʻalaba qozongan. Sharqiy Saksoniya shtatida u 30,6 foiz ovoz bilan
ikkinchi oʻrinni egalladi, yaʻʻni AFD Xristian-demokratlardan atigi 1,3 foiz
punktga ortda qoldi.
Ammo AFD’ning saylovlardagi gʻalabasi faqat islomofobiyaga
bogʻliq emas. Nemis siyosatida musulmonlarni yomonotliq qilish va ayblash jarayoni
ortishi ham ularning foydasiga ishladi.
Hukmron koalitsiya aʻʻzolari Germaniyada “islomizm”ni bir necha
bor qoraladi. Bundestagdagi “Yashillar” partiyasi etakchisi Katarina Droge oʻz
bayonotida “Islom zahri nafaqat chet elda, balki Germaniyada ham odamlar ongini
zabt etayotganini” daʻʻvo qilishgacha borib etdi. Keyinchalik u “Islom” oʻrniga
“Islomizm” demoqchi boʻlganini qoʻshimcha qildi.
“Islom tahdidi” haqidagi ogohlantiruvchi soʻzlar nafaqat nemis
siyosatchilarining asosiy mavzusiga aylangan, balki Germaniya institutlarining
rasmiy hujjatlari va siyosiy bayonotlaridan ham oʻrin olgan. Masalan, asosiy ichki
razvedka agentligi boʻlgan Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasining
veb-saytida shunday bandlar mavjud:
“Islomchilar oʻz dinlariga murojaat qilish orqali Germaniya
Federativ Respublikasining erkin demokratik tuzumini yoʻq qilishni istaydi”.
Ushbu federal idoraning Bavariya boʻlimi yanada olgʻa siljib, oʻz
veb-saytida “yuridik islomiylik” tushunchasini kiritdi va uni “mavjud huquqiy
tizim doirasida siyosiy vositalar orqali ekstremistik maqsadlarini amalga
oshirish”, deb taʻʻrifladi. Ularning iddao qilishicha, “legalist islomchilar
lobbichilik orqali siyosat va jamiyatga taʻʻsir oʻtkazishga harakat qilishadi hamda
oʻzlarini ochiq, bagʻrikeng va tashqi dunyo bilan muloqotga ochiq koʻrsatishadi”.
Mohiyatan ushbu tushuncha orqali siyosiy yoki ijtimoiy jihatdan
uyushgan va oʻz faoliyatini qonun doirasida olib borayotgan har qanday musulmon
guruhini jinoiy javobgarlikka tortish mumkin. U musulmonlar tomonidan
bagʻrikenglik yoki ochiqlikning har qanday ifodasini shubhali deb belgilaydi, chunki
bu “huquqiy islomiy daʻʻvo” boʻlishi mumkin.
Ushbu tushunchalardan asos sifatida foydalangan holda, shtat va
federal darajadagi turli institutlar faqat musulmonlarga oid “radikallashuvdan
xalos qilish” dasturini yaratishdi.
Shunday dasturlardan biri sifatida Bavariya profilaktika va
radikallashuvga qarshi kurashish tarmogʻi yaqinda goʻyoki musulmon erkaklar tomonidan
muslimalarning ekspluatatsiya qilinayotgani haqidagi irqchilik belgilari aks etgan
“Salafiy radikalizmi” nomli video ishlab chiqardi.
Video shu oyning boshida Bavariya shtati hukumati tomonidan
ijtimoiy tarmoqlarda eʻʻlon qilingan boʻlib, hozirda konservativ Xristian sotsial
ittifoqi (XSI) tomonidan nazorat qilinadi.
Nashr qilish toʻgʻrisidagi qaror Germaniya rasmiylari
musulmonlarni jamiyat uchun xavf deb bilishini ochiq namoyon etdi.
Noroziliklardan soʻng lavha olib tashlandi va Ichki ishlar
vazirligi OAVga bayonot berib, “gʻalayon va tushunmovchiliklar” uchun uzr soʻradi va
videoda faqat “salafiylar” haqida gap borganini, umumiy musulmonlar
qoralanmaganini qoʻshimcha qildi. Shuningdek, videodagi baʻʻzi sahnalari “qayta
koʻrib chiqilishi”ga vaʻʻda berdi.
Bavariya hukumatining ushbu qarori baʻʻzi sharhlovchilar
tomonidan videoning mohiyati natsistlarning antisemitik tashviqotiga juda
oʻxshashligini aytganidan soʻng chiqarildi. Xususan, soqolli, xunuk qiyofali
erkakning ayolni yutib yuborishi, fashistlarning etnik nemislarni yutib yuborayotgan
yahudiy erkak haqidagi tasavvurlariga juda yaqin.
Isroil-nemis faylasufi Moshe Zukerman yozganidek, islomofobiya
– bu taʻʻriflab boʻlmaydigan antisemitizmning proektsiyasidir.
Germaniyaning eski antisemitizmida aks etgan his-tuygʻularni
endi davlatning filo-semitizmni rasmiy ravishda qabul qilishi tufayli omma oldida
ifoda etish mumkin emas. Shuning uchun ular oʻz gʻazablarini islomofobiya orqali
bildirishmoqda. Yahudiyga qarshi qilib boʻlmaydigan ishlarni endilikda ular
musulmonga qarshi amalga oshirishlari mumkin.
Bu erda tarix paralleli yashiringan: oʻta oʻng kuchlar
koʻtariladi, natijada irqchilik isteriyasi nemis davlati va jamiyatiga tarqaladi.
Tarix toʻliq takrorlanmasligi, ommaviy qirgʻin ommaviy surgun bilan almashtirilishi
mumkin. Chunki mamlakatda oʻta oʻng “remigratsiya” tushunchasi tez tarqalmoqda.
Turli toifaga mansub, lekin islomofobiya harakati boʻyicha
birlashayotgan nemis siyosatchilari, deyarli bir asr oldin xuddi shunga oʻxshash ishni
amalga oshirgan ajdodlari qismatini unutmasliklari kerak. Nafrat hech qachon
muvaffaqiyat strategiyasi boʻla olmaydi.
Farid Hafez, Jorjtaun universitetining “The Bridge” tashabbusi boʻyicha etakchi tadqiqotchisi













