Netanyaxuning yangi shartlari Gʻazo kelishuvining ikkinchi bosqichini xavf ostiga qoʻyadi
Isroilda Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va asir almashish kelishuvining ikkinchi bosqichi boʻyicha muzokaralar boshlangan bir paytda, Tel-Aviv boshqaruvi kelishuvga putur etkazishi mumkin boʻlgan yangi shartlarni qoʻyishga harakat qilayotgani daъvo qilinmoqda.
19 yanvarь kuni kuchga kirgan HAMAS va Isroil oʻrtasidagi otashkesim va asir almashish kelishuvining birinchi bosqichi 42 kun davom etadi. Bu davr mobaynida Isroil qamoqxonalaridan 1135 nafar falastinlik ozod etilgan boʻlsa, Gʻazoda saqlanayotgan 19 nafar isroillik mahbus qaytarilgan.
Isroil rasmiy maъlumotlariga koʻra, hozirda Gʻazoda 73 nafar isroillik mahbus bor boʻlib, ularning yarmi tirik ekani taxmin qilinmoqda.
Kelishuvga muvofiq, 3 fevralda boshlanishi kerak boʻlgan ikkinchi bosqich boʻyicha muzokaralar kechiktirilmoqda. Netanyaxu hukumati tomonidan qoʻyilayotgan yangi shartlar bu jarayonga qanday taъsir koʻrsatishi hali nomaъlum.
Manba: Anadolu













