Noqonuniy Hajga borganlar Saudiyadan deport qilinadi
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi xabarnomasiga koʻra, ruxsatnomasiz haj amallarini bajarishga harakat qilish tegishli tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Shuningdek, bu borada Saudiya Ichki ishlar vazirligining maxsus bayonoti ham ilova qilingan.
Belgilangan tartibga muvofiq haj amallarini bajarish uchun ziyoratchida “Haj-2025” vizasi boʻlishi shart.
Saudiya Arabistoni hukumati qolgan barcha turdagi vizalar — umra, turizm, biznes, ziyorat va boshqalar bilan haj tadbirini amalga oshirishga qatъiy yoʻl qoʻymaydi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning taъkidlashicha, ayni paytda Saudiya huquq tartibot idoralari noqonuniy ravishda Hajga borganlarga nisbatan jazo choralarini qoʻllay boshlagan.
Xususan, noqonuniy yoʻllar bilan haj amallarini bajarish 20 mingdan 100 ming saudiya riyoligacha (27 ming AQSh dollarigacha) moliyaviy jarimalar qoʻllanishiga sabab boʻladi. Shuningdek, fuqaroni Saudiyadan deportatsiya qilishdan tashqari keyingi 10 yil davomida uning podshohlikka kirishi taqiqlanadi.













