OAV Rossiyaning Tula viloyati maktablari 1 martdan hijob va niqobni taqiqlashni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi, deb yozmoqda IslamNews nashri.

Tegishli xabarlarda viloyat taъlim vazirligi buyrugʻida bu haqda soʻz borishi aytilgan. Viloyat taъlim vazirligining rasmiy saytida esa bu borada hech qanday maъlumot yoʻq. 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning oktyabrь oyida Rossiyaning Vladimir viloyatida maktablarda hijob taqiqlangandi. 

Avvalroq, soʻnggi paytlarda umummilliy jamoatchilik tashabbuslarini bildirayotgan Inson huquqlari kengashi rahbari Valeriy Fadeev nima uchun Vladimir ishi deb ataladigan holatni Rossiyaning boshqa hududlariga tarqatishga shoshilishning hojati yoʻqligini tushuntirgan edi. 

Inson huquqlari kengashi rahbariga koʻra, bu chora jamiyatning bir qismi tomonidan tanqidiy qabul qilingan. Xususan, musulmon doiralari islomda ixtiyoriy boʻlgan niqob (yuzni yopish) taъqiqlanishiga xayrixohlik bilan qarashgan, biroq ayollar kiyimidagi soch va boʻyinni yopuvchi elementdan voz kechish talabiga rozi boʻlmagan.

Mavzuga aloqador