Odessa portiga hujum qilindi: qurbonlar bor
Rossiya qoʻshinlari oxirgi toʻrt kun ichida Ukrainaning Odessa viloyatidagi portga ballistik raketalar bilan zarbalar bermoqda. Oxirgi uyushtirilgan hujum natijasida 6 kishi halok boʻldi, yana 8 kishi yaralandi, ulardan toʻrt nafarining ahvoli ogʻir. Shuningdek, xorijiy davlatlarga tegishli uchta kema zararlandi.
9 oktyabrʻ
oqshomida Rossiya qoʻshinlari Ukrainaning Odessa viloyati port infratuzilmasiga
raketa hujumi uyushtirdi. Hujum natijasida 6 kishi halok boʻldi, yana 8 kishi
yaralandi, ulardan toʻrt nafarining ahvoli ogʻir. Bu haqda Ukrainani qayta
tiklash boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari Aleksey Kuleba va Odessa viloyati harbiy
boshqarmasi raisi Oleg Kiper maʻʻlum qildi.
Dastlab Aleksey Kuleba Rossiya kuchlarining Odessa viloyati
port infratuzilmasiga uyushtirgan ballistik raketa hujumi natijasida besh kishi halok boʻlgani va toʻqqiz kishi yaralangani haqida
xabar bergan edi. Uning soʻzlariga koʻra, qurbonlarning barchasi ukrainaliklardir.
"Hozir ularga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda, besh nafarining ahvoli
ogʻir", - dedi Kuleba.
Keyinroq harbiy
boshqarma raisi Oleg Kiper halok boʻlganlar soni 6 nafarga, yaradorlar soni
esa 8 nafarga etganini, ulardan toʻrt nafarining ahvoli ogʻir ekanini maʻʻlum
qildi.
Hujum chogʻida Panama bayrogʻi koʻtarilgan fuqarolik kemasi, Shui
Spirit konteyner tashuvchi kema ham
shikastlangan. Bu oxirgi toʻrt kun ichida Rossiya tomonidan hujumga uchragan uchinchi
xorijiy kemadir.
Eslatib oʻtamiz, 6 oktyabrʻ kuni Rossiya kuchlari Odessaga “Shahed” dronlari bilan hujum qilib, tinch
aholiga moʻljallangan quruq yuk kemasiga zarar etkazgandi. 7 oktyabrʻ kuni esa Odessa portiga raketa
hujumi natijasida 60 yoshli ukrainalik halok boʻldi, 5 nafar xorijlik fuqaro
jarohatlandi.













