1991 yilning 26-27 fevralь kunlari AQSh BMT rezolyutsiyasiga koʻra Kuvaytdan chekinayotgan Iroq armiyasi karvonini bombardimon qildi. 10 soat davom etgan qirgʻinbarotdan 10 mingdan ziyod kishi – harbiylar va tinch aholi vakillari halok boʻldi.

BMTning 660-rezolyutsiyasiga muvofiq Quvaytdan chekinayotgan Iroq qoʻshinlari 80-magistralь boʻylab harakatlanishdi. Kolonna 3000 ta avtomobilь – yuk mashinalari, jiplar, engil avtomobillar, tez tibbiy yordam mashinalari va tanklardan iborat edi.

AQSh prezidenti katta Jorj Bush, Oq uy chekinayotgan Iroq kuchlariga hujum qilmaslikka vaъda berganiga qaramay, karvonni shafqatsizlarcha bombardimon qilishni buyurdi.

10 soat davomida Amerika samolyotlari minglab iroqliklarni – harbiylar va tinch aholini yoʻq qildi. Odamlar havo hujumlari olovida tiriklayin yoqib yuborildi, portlashlar tufayli tanalari parchalanib ketdi.

Turli hisob-kitoblarga koʻra, 10 000 ga yaqin odam ushbu ommaviy qotillik qurboni boʻlgan.

“Hatto Vьetnamda bunday narsani koʻrmaganman. Bu juda dahshatli", – dedi AQSh armiyasi mayori Bob Nugent.

Mavzuga aloqador