Xitoyning janubida joylashgan Guandun provinsiyasida muhandislar tarixda ilk bor ikki izli, yagona yoʻllik va suv ostidan oʻtuvchi yuqori tezlikdagi temiryoʻl tunnelini muvaffaqiyatli qurib tugatishdi. 


"TsA" xabariga koʻra, temir yoʻlning uzunligi deyarli 10 kilometr — aniqrogʻi, 9781 metr boʻlib, 68 metr chuqurlikda joylashgan.


Tunnel boʻylab soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanadigan zamonaviy poezdlar qatnovi rejalashtirilgan. Ushbu inshoot Shantou – Shanvey yoʻnalishining markaziy halqasiga aylanadi va keyinchalik u Futszyan provinsiyasidagi Chjanjou shahri tomon yoʻnaluvchi boshqa bir yuqori tezlikdagi temiryoʻl liniyasi bilan birlashtiriladi, deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador