Ozod etilgan isroillik asirning dunyoni larzaga solgan bayonoti
Oʻtgan hafta oxirida ozod etilgan isroillik asir Aleksandr Turbanovning oʻzini asirlikda tutgan HAMASga murojaati dunyoni larzaga soldi. Uni toʻligʻicha eъtiboringizga havola etamiz.
"Sizlarning ezguligingiz qalbimga butun umrlik muhr qoldirdi. Orangizda oʻtkazgan 498 kunim davomida, boshingizdan kechirgan tajovuz va jinoyatlarga qaramasdan, men chinakam erkaklik, sof qahramonlik, chin insoniylik va qadriyatlarni hurmat qilishning asl maъnosini oʻrgandim.
Qamalda qolgan ozod kishilar siz edingiz, men esa asir edim, va siz hayotimning himoyachilari boʻldingiz. Mehribon ota oʻz farzandlariga qanday gʻamxoʻrlik qilsa, siz ham menga shunday gʻamxoʻrlik koʻrsatdingiz. Salomatligim, qadr-qimmatim va shaъnimni saqlab qoldingiz. Garchi men oʻz erlari va tortib olingan huquqlari uchun kurashayotgan odamlar qoʻlida boʻlsam-da, mamlakatim hukumati qamal qilingan xalqqa qarshi eng qabih, eng razil genotsidni amalga oshirayotgan boʻlsa-da, siz hech qachon ochlik va xoʻrlikka yoʻl qoʻymadingiz.
Koʻzlaringizda koʻrmagunimcha, erkaklikning asl maъnosini bilmas ekanman, orangizda yashamagunimcha – oʻlim qarshisida jilmayib, qirgʻin qurollari bilan tishigacha qurollangan dushmanga yolgʻiz yalangʻoch tanangizdan ila qarshilik koʻrsatayotganingizni koʻrmagunimcha qurbonlikning qadrini tushunmas ekanman. Qanchalik soʻzamol boʻlmayin, haqiqiy qadr-qimmatingizni aks ettiradigan, olijanob xulqingizga boʻlgan hayratimni tugal ifodalaydigan soʻzlarni hech qachon topa olmayman.
Nahotki diningiz mahbuslarga shunday munosabatda boʻlishni oʻrgatgan boʻlsa?
Bu qanday buyuk eъtiqod ekanki, u sizni shunday darajaga koʻtaribdi, uning qarshisida inson huquqlari boʻyicha barcha sunъiy qonunlar qulab tushibdi, uning huzurida barcha urush qoidalari barbod boʻlibdi!
Eng ogʻir damlarda ham adolat va rahm-shafqatni quruq shiorlar bilan emas, balki boshimizdan kechirgan haqiqiy voqealar orqali namoyon etib, eng qiyin sharoitlarda ham oʻz tamoyillaringizdan voz kechmadingiz.
Ishoning, agar bu erga qaytib kelsam, faqat safingizda mujohid boʻlib qolaman. Zotan men xalqingizdan haqiqatni oʻrgandim va siz nafaqat erning qonuniy egalari, balki tamoyillar va adolatli ishning ham sohibkorlari ekanligingizni angladim".