Pokiston ichki ishlar vazirining Mohsin Naqvining maʻʻlum qilishicha, joriy yil oxiridan Afgʻoniston fuqarolarining tegishli hujjatlarsiz Islomobodda qolishi taqiqlanadi, deya xabar bermoqda Tolo News.

Qayd etilishicha, zarur hujjatlarni qabul qilish muddati 2024 yil 31 dekabrgacha etib belgilangan. Ushbu sanadan keyin barcha afgʻon fuqarolari mamlakatda qolishga qarshilik yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikatni (NOC) taqdim etishlari kerak boʻladi.

"31 dekabrdan keyin hech bir afgʻonning Islomobodda hujjatmiz qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar ular qolishni istasalar, Komissar idorasidan yashash uchun ruxsatnoma olishlari kerak. Yaqin kunlarda batafsil maʻʻlumot beramiz, ammo bu muddatdan keyin Islomobodda ruxsatsiz yashash mumkin boʻlmaydi", - dedi u.

Ayrim muhojirlar huquqlari faollari afgʻon muhojirlari duch kelayotgan muammolarni hal qilish uchun Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasida qoʻshma qoʻmita tuzilishi zarurligini taʻʻkidlamoqda.

Avvalroq BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi (BMTQK) 36 mingga yaqin afgʻon muhojiri Pokistondan majburiy deportatsiya qilingani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga aloqador