Kucha tunda Pokiston armiyasi tomonidan Jammu va Kashmirdagi nazorat chizigʻi boʻylab Hindiston chegara postlariga oʻq uzildi. Bu haqda NDTV axborot agentligi xabar berdi. 


Oʻz navbatida, Hindiston askarlari ham javob oʻqi bilan harakat qilgan. Hozircha qurbonlar haqida maъlumot berilmagan.


Pokiston mudofaa vaziri Muhammad Asiif yuz berayotgan hodisalarga munosabat bildirib, “Ikki yadroviy davlatining toʻqnashuvi doimo xavotir uygʻotadi. Agar biror narsa notoʻgʻri ketsa, bu qarama-qarshilik fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin”, deya taъkidladi. 


Vazir shuningdek, Pokiston armiyasi har qanday ehtimoliy hujumga “vazmin va oʻlchovli” javob berishga tayyor ekanini aytdi. 


Mazkur qurolli mojaroga bir necha kun avval Jammu va Kashmir mintaqasida sodir etilgan qonli terakt sabab boʻldi. Terrorchilik hujumi oqibatida kamida 27 kishi halok boʻlgan va yana 12 kishi tan jarohati olgan edi. 


Hindiston hukumati bunga javoban bir qator qatъiy choralarni koʻrdi, xususan Pokiston diplomatlarini chiqarib yubordi va Hind daryosining suvini boʻlishish haqidagi ikki tomonlama kelishuvni toʻxtatib qoʻydi.

Mavzuga aloqador