«Jamiat Ulamoi-Islom» (JUI) yuqori martabali etakchisi, muftiy Abdul Boqiy Nurzay kecha kechqurun Pokistonning Kvetta shahridagi aeroportda nomaъlum qurollangan shaxslar tomonidan otib oʻldirildi. 

Hujumchilar voqea joyidan darhol qochib ketishgan, mahalliy politsiya esa hujum boʻyicha tergovni boshlab yuborgan. Mahalliy aholi vakillarining mahlum qilishicha, soʻnggi oylarda Pokistonda islom olimlariga qarshi suiqasdlar koʻpaygan. 

Mutaxassislar islom olimlariga qarshi uyushtirilayotgan bu kabi hujumlar ortida kim turganini aniqlash va bunday hodisalarning oldini olish uchun hukumatni tezkor choralar koʻrishga chaqirmoqda.

Mavzuga aloqador