Yangi Suriya hukumati shu yilning yanvar oyida Rossiyaga rasmiy murojaat qilib, sobiq prezident Bashar Asadni ekstraditsiya qilishni soʻragan edi. Biroq Kremlь bu iltimosni rad etdi. Bu haqda Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъ The New York Times nashriga bergan intervyusida maъlum qildi.


Rossiyaning rad javobiga qaramay, Damashq Moskva bilan aloqalarni uzmoqchi emas. Suriya etakchisining aytishicha, mamlakat armiyasining aksariyat qurollari Rossiyada ishlab chiqarilgan va Kremlь bilan oziq-ovqat hamda energiya taъminoti borasida hamkorlik kelishuvlari mavjud. 


“Biz bu strategik manfaatlarni inkor eta olmaymiz”, dedi Ahmad ash-Sharъ.


Reuters agentligi Asadning ekstraditsiya qilinishi boʻyicha muzokaralar haqida dastlab xabar bergan, bu maъlumotni keyinchalik Al Arabiya va Al Hadath manbalari ham tasdiqladi. Endilikda Damashq ushbu jarayonni rasman eъlon qildi.


Shuningdek, Suriya hukumati Bashar Asad Rossiyaga olib ketgan yirik miqdordagi moliyaviy mablagʻlarni qaytarishni talab qilmoqda. Maъlumotlarga koʻra, sobiq rahbar pul bilan birga muhim hujjatlar, noutbuklar va maxfiy maъlumotlar saqlangan qattiq disklarni ham olib ketgan.

Mavzuga aloqador