Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 noyabrʻ kuni Qozogʻistonga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirmoqda. Rossiya rahbarining ushbu tashrifga jiddiy tayyorgarlik koʻrilayotgani maʻʻlum qilindi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qozogʻistonga davlat tashrifi 27 noyabrga belgilangan. Bu haqda Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan kengaytirilgan uchrashuvda maʻʻlum qildi.

“Rossiya prezidentining 27 noyabrʻ kuni Qozogʻistonga boʻlajak tashrifi koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega”, — dedi Nurtleu.

Lavrov, oʻz navbatida, “Rossiya rahbarining Ostonaga davlat tashrifiga jiddiy tayyorgarlik koʻrilayotganini” taʻʻkidladi.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 27 noyabrga moʻljallangan Qozogʻistonga davlat tashrifiga jiddiy tayyorgarlik koʻryapmiz. Hozirgina tor doirada muhokama qilganimizdek, bir necha oʻn hujjat tayyorlanmoqda. Boʻlgʻusi sammitni imkon qadar toʻyintirish uchun ularni tayyorlashni albatta tezlashtiramiz », - deya taʻʻkidladi Lavrov .

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Vladimir Putin tashrifi oldidan Ostonaga xizmat safari bilan keldi.

Rossiya prezidenti Qozogʻistonga oxirgi marta 3 iyulʻ kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi.

 

Mavzuga aloqador