Qatar Suriyaga gaz etkazib berishni boshladi
Qatar davlati Iordaniya hududi orqali Suriyaga tabiiy gaz etkazib berishni boshladi.
Ushbu qadam Vashington bilan muvofiqlashtirilgan boʻlib, Suriyaning energetik taъminotini yaxshilashga koʻmaklashish maqsadini koʻzda tutadi.
Qatar hukumati maъlum qilishicha, gaz etkazib berish gumanitar tashabbus doirasida amalga oshirilmoqda va maъlum bir muddatga moʻljallangan.
Boshlangʻich bosqichda etkazib beriladigan gaz 400 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi, kelgusida esa quvvatni yanada oshirish rejalashtirilgan.
Maъlumki, Qatar dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz eksportchilaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, mamlakat "North Field" gaz konlarini kengaytirish orqali 2027 yilga borib suyultirilgan gaz eksport quvvatini yiliga 77 million tonnadan 126 million tonnagacha oshirishni maqsad qilgan.













