Qatar Trampga Boeing 747 asosidagi «uchuvchi saroy»ni sovgʻa qilmoqchi
AQSh va Qatar hukumatlari oʻrtasida Qatar shoh oilasiga tegishli boʻlgan lyuks darajada jihozlangan Boeing 747 samolyotini Donalьd Trampga vaqtincha foydalanish uchun berish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Samolyot Trampning vakolati tugagach, uning prezidentlik kutubxonasiga sovgʻa qilinishi ham mumkin.
Mazkur xabar Trampning Qatarga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi arafasida paydo boʻldi. “Uchuvchi saroy” sifatida tanilgan samolyotni prezident foydalanishi uchun maxsus jihozlash va xavfsizlik tizimlari bilan taъminlash rejalashtirilmoqda. Qiymati 400 million dollarga etishi mumkin boʻlgan bunday kelishuv AQShda qonuniy va etik muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Yakshanba kuni Oq uy matbuot kotibasi Kerolayn Livitt “xorijiy hukumatlardan qabul qilinadigan har qanday sovgʻa qonunlarga toʻliq mos holda qabul qilinadi” deya bayonot berdi va Tramp maъmuriyati “toʻliq oshkoralikka intilayotganini” taъkidladi.













