Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, soʻnggi kunlarda Qirgʻiziston chegarasi orqali oʻtayotgan oʻzbekistonliklardan “maxsus ishonchnoma” talab qilinmoqda. Bu holat fuqarolar oʻrtasida norozilik uygʻotayotgani aytilmoqda.


Mazkur vaziyat yuzasidan Soʻx tumani hokimligi axborot xizmati rasmiy bayonot berdi. 


Unga koʻra, Qirgʻiziston rasmiylari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 10 mayga qadar mazkur hujjat eksklav hududlar aholisidan talab etilmasligi maъlum qilingan.


Eslatib oʻtamiz, joriy yil mart oyida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston chegara tutash nuqtasi boʻyicha shartnoma imzolagan, 25 aprelda esa “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Mavzuga aloqador