Qoʻriqlash xizmati Janubiy Koreya prezidentini hibsga olishga xalaqit berdi

Qisqa xabar 👇

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish uchun Seuldagi qarorgohiga kirishga uringan tergovchilar qoʻriqlash xizmati va harbiylar qarshiligiga duch keldi. Sud orderi boʻlishiga qaramay, hibs jarayoni amalga oshirilmadi.


3 yanvarʻ kuni Janubiy Koreyaning Jinoyat qidiruv xizmati (CIO) va politsiya xodimlari prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun Seuldagi qarorgohga etib keldi. Yonhap agentligining xabar berishicha, tergovchilar mahalliy vaqt bilan soat 7:20 da qarorgohga kelgan va 8:00 da uning hududiga kirishga uringan.

Biroq qoʻriqlash xizmati va harbiylar ularning yoʻlini toʻsib qoʻyishdi. Toshkent vaqti bilan 5:54 larda tergovchilar harbiy xizmatchilarning ikki qatorini yorib oʻtishga muvaffaq boʻldi, ammo qoʻriqchilar prezidentning ichki hududga kiritilmasligini taʻʻminlashdi.

Prezident qarorgohida tartibni saqlash uchun 45 ta maxsus boʻlinma va 2700 nafar politsiya xodimi joylashtirildi.

Shuningdek, Yun Sok Yolning 1200 nafar tarafdori yigʻilib, prezidentni himoya qilish va impichmentni bekor qilishni talab qilishdi. Tarafdorlar politsiya bilan toʻqnashuvlarga borishdi.

Maʻʻlumot uchun, Seul gʻarbiy okrug sudi 3 dekabrda Yun Sok Yolni hibsga olish uchun orderni tasdiqlagan edi. Prezident harbiy holat joriy etish qarori sabab hokimiyatdan chetlatilgan va bu harakat konstitutsiyaga zid deb baholangan. Shuningdek, prezident qarorgohi va boshqa joylarda tintuv oʻtkazish uchun ham order berilgan.

Mavzuga aloqador