Reuters: HAMAS AQShning 70 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga rozi boʻldi
HAMAS Donalьd Trampning Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiv Uitkoffning Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi taklifiga rozi boʻldi, deb yozmoqda Reuters.
Nashrga koʻra, Uitkoffning taklifi isroillik 10 asirni ozod qilishni (ikki guruh boʻlib ozod etiladi), 70 kunlik oʻt ochishni toʻxtatishni hamda Isroil qoʻshinlarini sektordan qisman olib chiqishni nazarda tutadi. Taklifda, shuningdek, Isroil tomonidan bir qator falastinlik mahbuslarni, jumladan, uzoq muddatli qamoq jazosini oʻtayotgan yuzlab kishilarni ozod qilish koʻzda tutilgan.
HAMAS bu taklifni vositachilar orqali oldi. Isroil bosh vaziri Binьyamin Netanьyahu idorasi hali bu boʻyicha maъlumot bermadi.
Uitkoffning har ikki tomonga yuborilgan taklifi haqida 18 may kuni Axios manbalarga tayanib yozgandi. Ularning soʻzlariga koʻra, Dohada Isroil va HAMAS oʻrtasida muzokara guruhlari boʻlgan boʻlsa-da, Uitkoff rejasi muhokamasi «boshqa kanallar orqali» olib borilgan. Axios suhbatdoshlariga koʻra, Netanьyahu «koʻplab shartlar va istisnolar bilan» shartlarni qabul qilgan.













