Rossiya prezidenti Hindistonga boradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindistonga tashrif buyuradi. Hindiston bosh vaziri Rossiya prezidenti bilan Qozon shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya rahbarini kelgusi yili Rossiya-Hindiston yillik sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga taklif qilgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindistonga tashrif buyuradi. Kremlʻ yaqin orada tashrif vaqtini kelishib olishga umid qilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʻʻlum qildi.
Maʻʻlumotlarga koʻra, Putin Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashadi. Peskovning soʻzlariga koʻra, safar “tez orada, juda tez orada” boʻlib oʻtadi.
“Hindistonlik doʻstlarimiz bilan kelishilgan holda, birozdan keyin bu tashrif haqida rasman eʻʻlon qilamiz, men sizga tashrif yakuniy tayyorgarlik bosqichida ekanligini yana bir bor tasdiqlashim mumkin”, — dedi Peskov.
Kremlʻ yaqin orada tashrif vaqtini kelishib olishga umid qilmoqda, deb yozadi «TASS».
Eslatib oʻtamiz, Hindiston bosh vaziri Rossiya prezidenti bilan Qozon shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya rahbarini kelgusi yili Rossiya-Hindiston yillik sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga taklif qilgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindistonga oxirgi marta 2021 yil 6 dekabrda tashrif buyurgan va bosh vazir Narendra Modi bilan Nʻyu-Dehlidagi 21-Hindiston-Rossiya yillik sammitida qatnashgan edi.













