Rossiya Ukrainaga ballistik raketa bilan hujum qildi
Bugun ertalab Rossiya Ukrainadagi Sumi shahri markaziga ikki ballistik raketa bilan hujum uyushtirdi.
Mintaqaviy harbiy maъmuriyatning aytishicha, hujumda kassetali oʻq-dorilardan ham foydalanilgan.
Soʻnggi maъlumotlarga koʻra, hujum oqibatida 32 kishi, jumladan, ikki bola halok boʻlgan, 84 kishi yaralangan.
Jarohatlanganlar orasida 10 nafar bola ham bor.
BBC Ukraina xizmatining xabar berishicha, zarbalar turar joy binolari, taъlim muassasalari va avtoturargohlar joylashgan hududga qaratilgan.
Jumladan, Sumi davlat universitetining Kongress markazi ham zarba ostida qolgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu hujumni “Rossiya ballistikasining Sumi aholisiga qarshi dahshatli zarbasi” deb atadi.












