Rossiyada farzand koʻrmaslik haqidagi chaqiriqlar taqiqlandi
Rossiya parlamenti “farzand koʻrishdan ongli ravishda voz kechishni targʻib qilish” yoki “bolalarsiz mafkura targʻibotini” taqiqlovchi qonun loyihasini bir ovozdan maʻʻqulladi. Yangi qonun loyihasida "bolalarsiz targʻibot" uchun katta miqdordagi jarimalar koʻzda tutilgan
Rossiya parlamenti “farzand koʻrishdan ongli ravishda voz kechishni targʻib qilish” yoki “bolalarsiz mafkura targʻibotini” taqiqlovchi qonun loyihasini bir ovozdan maʻʻqulladi.
Davlat Dumasining barcha deputatlari bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan ushbu hujjat bolalar tugʻilishiga qarshi tashviqot sifatida qabul qilinishi mumkin boʻlgan materiallarni, shu jumladan kino va ommaviy axborot vositalarida ommaviy tarqatishni cheklaydi.
"Bolasiz mamlakat boʻlmaydi", - dedi Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ovoz berishdan oldin. U qonun Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy kelajagi uchun muhim boʻlgan demografik oʻsishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilganligini taʻʻkidladi.
Yangi qonun loyihasida "bolalarsiz targʻibot" uchun katta miqdordagi jarimalar koʻzda tutilgan: jismoniy shaxslar uchun 400 ming rublgacha (taxminan 4100 AQSh dollari) va ommaviy axborot vositalari, filʻmlar, reklama va onlayn platformalar orqali bunday gʻoyalarni tarqatuvchi tashkilotlar uchun 5 million rublgacha (taxminan 51 ming dollar).
Rus pravoslav cherkovining iltimosiga koʻra, qonun loyihasiga "monastirlik va monastirʻ turmush tarzi toʻgʻrisida maʻʻlumot tarqatish, turmush qurmaslik va farzand koʻrishdan voz kechish vaʻʻdasiga rioya qilish" Rossiya qonunchiligini buzmaydi, degan izoh kiritilgan.
Qonun loyihasi hali ham parlamentning yuqori palatasi – Federatsiya Kengashi tomonidan 20 noyabrʻ kuni maʻʻqullanishi, keyin esa prezident Vladimir Putin tomonidan imzolanishi kerak. Bundan tashqari, deputatlar jinsini oʻzgartirish taqiqlanmagan mamlakatlar fuqarolari tomonidan rus bolalarini asrab olishni taqiqlovchi tegishli qonun loyihasini maʻʻqulladi.













