Rosiyada uch oʻsmir Egorevskdagi masjidga oʻt qoʻyishda gumonlanmoqda. Tergov fikricha, bungacha ular Rossiyada taqiqlangan millatchi ekstremistik guruh — "Milliy-sotsializm/Oq kuch” ga qoʻshilgan.


Oldinroq, Ramazon hayiti arafasida, 30-martga oʻtar kechasi Parij kommunasi koʻchasidagi masjid yonib ketgandi. Yongʻin tezda binoning tomini va ikkinchi qavatini qamrab olgan. Yongʻin oʻchirildi, ammo hozir masjid jiddiy taъmirlashni talab qilmoqda. Mutaxassislar yongʻinga oʻt qoʻyish sabab boʻlganini aniqlashdi.


20 aprelь kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyati boʻyicha tergov qoʻmitasi oʻsmirlarga nisbatan terrorchilik tashkilotida ishtirok etish moddasi boʻyicha ish ochdi; ular 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. 


Mavzuga aloqador