Rossiyaning Kurgan viloyatida faoliyat yuritayotgan va oʻzbekistonlik muhojirlar manfaatlarini himoya qilib kelgan “Kurgan—Oʻzbekiston Doʻstlik Jamiyati” yopilishi mumkin. Bu haqda URA nashri maъlum qildi.


Manbaga koʻra, tashkilot asoschisi va rahbari Otabek Maqulovga nisbatan Oʻzbekistonda jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. U odam oʻgʻirlash va tovlamachilikda gumon qilinmoqda. Shu bois, Oʻzbekiston tomoni uning deportatsiyasini talab qilmoqda.


Ayni paytda tashkilot faoliyati toʻxtagan. Mutaxassislar esa, u ham “Toshkent” va “Zamondosh” diasporalari singari tugatilishi mumkin, degan fikrda. 


Maъlumot uchun, ushbu jamiyat 2023 yilning yozida tashkil etilgan edi.

Mavzuga aloqador