Rossiya oʻzining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda davom etmoqda. Markaziy bank maъlumotlariga koʻra, 2025 yil mart oyi yakunlariga koʻra mamlakatning oltin zaxiralari qiymati rekord darajadagi 229 milliard dollarga etdi.


Bir yil ichida bu koʻrsatkich 38 foizga oʻsdi. Solishtirish uchun, 2024 yil mart oyida oltin zaxiralari 166 milliard dollarni tashkil etgandi.


Diqqatga sazovor jihati shundaki, Rossiyaning xalqaro rezervlarida oltinning ulushi ham izchil ortib bormoqda. Hozirda bu koʻrsatkich 35,4 foizni tashkil etmoqda va bu 2024 yildagi 28 foizlik darajadan ancha yuqori.


Tahlilchilarning aytishicha, oltin zaxirasining oʻsishi va uning xalqaro rezervlardagi ulushining oshishi Rossiyaning oʻz aktivlarini diversifikatsiya qilishga va geosiyosiy beqarorlik sharoitida dollar va boshqa anъanaviy rezerv valyutalariga qaramlikni kamaytirishga koʻmak berishi mumkin.

Mavzuga aloqador