Rumincha “demokratiya”: prezidentlik saylovlari peshqadamlaridan biri qoʻlga olindi
Ruminiya politsiyasi prezident saylovining ikkinchi bosqichidan oldin Kelin Georgeskuni hibsga oldi. Shuningdek, unga yaqin shaxslarning turar joylarida tintuvlar oʻtkazdi.
Georgeksku 2024 yil kuzida boʻlib oʻtgan saylovlarda amaldagi prezidentdan oʻzib, birinchi oʻrinni egallagan edi. Keyinchalik Ruminiya Oliy sudi saylov natijalarini arzimagan sabablar bilan bekor qilgandi.
Ruminiya prokuraturasi Georgeskuga nisbatan 6 ta ayblov qoʻygan va unga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Ilon Mask ushbu holatni qoralab “tartibsizlik” deb atadi va “Hozirgina prezidentlik saylovlarida eng koʻp ovoz olgan odamni hibsga olishdi”, deb yozdi.
Maъlumot uchun, muxoliflar Kelin Georgeskuni "rossiyaparastlik"da ayblashadi. Ayni paytda u ikkinchi bosqich saylov jarayonlari oldidan fashistik tashkilot tuzishda gumonlanib qoʻlga olingani aytilmoqda.













