Saudiya Arabistonida 50 dan ortiq kishi hibsga olindi
Saudiya Arabistoni "axloqsiz harakatlar"ga qarshi kurashish doirasida 50 dan ortiq kishini, jumladan, fohishalik va tilanchilik kabi ayblovlar bilan hibsga oldi.
Hibsga olinganlar orasida 11 nafar ayol ham bor boʻlib, ular fohishalikda ayblanmoqda. Bu Saudiya Arabistoni tomonidan soʻnggi oʻn yildan ortiq vaqt ichida ilk bor bunday faoliyatni ommaviy ravishda tan olishi hisoblanadi.
Bu holat valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan axloqiy qoidabuzarliklar va odam savdosiga qarshi kurashish uchun jamoat xavfsizligi boʻlimi tashkil etilgandan soʻng yuz berdi.
Baъzi saudiya fuqarolari bu chora-tadbirlarni diniy politsiyaning qayta tiklanishi deb baholamoqda.













