Saudiya Arabistonida Haj ziyoratiga borgan 76 ming kishi hibsga olindi
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi Haj marosimlari boshlanishi arafasida "Haj qoidalarini buzgan" 75 mingdan ortiq kishini hibsga oldi.
Jamoat xavfsizligi bosh direktori, general-leytenant Muhammad al-Bassamiy Makkaga kirish uchun haqiqiy ruxsatnomaga (Haj vizasi) ega boʻlmagan 269 mingdan ortiq kishi orqaga qaytarilganini va qariyb 76 ming "qoidabuzar" hibsga olinganini tasdiqlagan. Endi ularni deportatsiya, jarima va 10 yil davomida mamlakatga kirishining taqiqlanishi kabi jazo choralari kutmoqda.
Bassamiyga koʻra, shuningdek, 252 ta soxta Haj shirkati, 1239 ta qoidabuzar tashuvchi aniqlangan, qariyb 110 mingga yaqin transport vositasi talabga javob bermasligi tufayli Makkaga kiritilmagan.
1 iyunь holatiga koʻra, Haj ziyoratiga kelganlar soni 1 mln 475 ming 230 nafarga etgani maъlum qilingandi.













