"Bolalarni himoya qilish" (Save the Children) tashkilotining maʻʻlum qilishicha, 10 yoshdan kichikroq boʻlgan taxminan 130 ming bola 50 kundan beri Gʻazoning shimoliy hududlarida oziq-ovqat va tibbiy yordam taʻʻminotisiz qamalda qolib kelishmoqda.

6 oktyabrda Isroil kuchlari ushbu hududni " yopiq harbiy zona" deb eʻʻlon qilganidan beri aholining oziq-ovqat, suv va dori-darmon taʻʻminoti deyarli toʻxtab qolgan. 

Ocharchilikni tadqiq qilish qoʻmitasi ham Gʻazo shimolidagi ayrim hududlarda ocharchilik boshlanishi mumkinligini yoki aholining toʻgʻridan-toʻgʻri mazkur xavf ostida qolganini taʻʻkidladi.

BMT bir oy oldin Gʻazoning shimoliy hududida yashovchi aholining hayoti xavf ostida ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirgan, biroq tashkilotning maʻʻlum qilishicha, Isroil kuchlari gumanitar yordam guruhlarining hududga kirishiga umuman yoʻl qoʻymagan.

Shu bilan birga, tashkilot 5 ming oilaga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, 725 dona gigiena toʻplami va boshqa turdagi gumanitar yordam ashyolarini shimoliy Gʻazoga 7 haftadan buyon etkazib bera olmayotganligidan shikoyat qilmoqda. Shuningdek, hududga tibbiy yordam vositalari etkazib berish toʻxtatilgani va "bolalarni poliomielitga qarshi emlash kampaniyasi” Jabaliya, Bayt Lahiya va Bayt Hanun hududlarida yashovchi 10 mingga yaqin bolaga umuman etib bormagani ham maʻʻlum qilindi.

Tashkilotning qayd etishicha, Gʻazoning shimoliy hududlaridagi koʻplab oilalar keksa yoki nogiron kishilarning borligi yoki Gʻazoning boshqa hududlarida muqobil xavfsiz boshpana yoʻqligi kabi sabablar tufayli qochib keta olishmagan va oʻsha erda qolib ketishgan.

Shimoliy Gʻazodagi ota-onalar "Bolalarni qutqarish" tashkilotiga madorlari tugaganidan shikoyat qilib, oʻzlarini «boʻgʻilgandek» his qilayotganliklarini aytishgan.

Tashkilotning bildirishicha, urushdan eng koʻp zarar koʻrayotganlar bolalardir. BMT maʻʻlumotiga koʻra, shahid boʻlganlarning taxminan 44 foizini aynan bolalar tashkil qiladi. 

Tashkilot Gʻazo shimolida ikki nafar farzandi bilan yashovchi Rubaning soʻzlarini keltirib oʻtdi: "Men bolalarim bilan birga bomba, raketa va oʻq yomgʻiri ostida qolib ketdim, qochishga joyim yoʻq. Onam falajlangan, uni ham qoldirib ketolmayman. Akam oʻldirildi, erim hibsga olindi. Uning tirik yoki yoʻqligini bilmayman. Uyimiz boshimizga qulab, vayron boʻldi va biz moʻʻʻjiza tufayligina omon qoldik".

"Biz oziq-ovqatsiz, toza ichimlik suvisiz, doimiy qoʻrquv ostida yashayapmiz. Bolalarimda teri toshmasi paydo boʻldi, qizimning jarohati qonashdan toʻxtamayapti, ammo dori-darmon yoʻq, yordam ham yoʻq. Men umuman hech narsa qila olmayapman", - deb oʻz soʻzida davom etgan Ruba.

"Bolalarni himoya qilish" tashkilotining mintaqaviy direktori Jeremi Stouner shimoliy Gʻazodagi vaziyat insonning hayotda qolishi uchun deyarli “yaroqsiz", ammo u erda 10 yoshgacha boʻlgan 130 ming bola qamalda ekanligi maʻʻlumligini bildirdi. "Gʻazodagi urush bu bolalarga qarshi urushdir", - deya qoʻshimcha qildi Stouner.

Mavzuga aloqador