Janubiy Koreyaning 17 nafar fuqarosi Seul markaziy masjidida bir vaqtning oʻzida Islom dinini qabul qildi. Siasat.com nashrining xabariga koʻra, erkak va ayollar imom ortidan Qurъon oyatlarini oʻqib, soʻng Islomga kirish shahodat kalimasini aytishdi.


Islomni qabul qilishdan oldin, ushbu guruh aъzolari fevral oyida boshlangan masjid qoshidagi kurslarda diniy asoslarni oʻrgangan. Ularga Islom taъlimoti va diniy amaliyotlar haqida tushuntirilgan.


Hozirda Koreyada 200 mingga yaqin musulmon istiqomat qiladi, ulardan baъzilari mahalliy koreyslar, baъzilari esa muhojirlar hisoblanadi. Koreya Musulmonlar Federatsiyasi Islom dini bilan tanishishni istaganlar uchun muntazam ravishda darslar tashkil qiladi. 


Bu kurslarni tamomlagan tinglovchilarning aksariyati keyinchalik Islomni qabul qiladi.


Koreyada Islomni qabul qilgan eng mashhur shaxslardan biri – qoʻshiqchi va Youtube-bloger Dovud Kim hisoblanadi. U 2019 yilda Islomni qabul qilgan. Hozirda oʻzining Youtube kanali orqali Koreyada musulmon boʻlib yashash qanday ekanligi haqidagi xulosalari va shaxsiy tajribasini ulashib keladi.

Mavzuga aloqador