Pokiston musulmonlar ligasi raisi Shahboz Sharif mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylandi. U 2022-2023 yillarda ham hukumatni boshqargan.

Pokiston musulmon ligasi (PML-N) raisi Shahboz Sharif mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylandi.

Sharif hukumat rahbarligi uchun saylovda PML-N va Pokiston Xalq partiyasi (PPP) alʻyansining qoʻshma nomzodi sifatida qatnashdi.

Milliy assambleyaning (parlament quyi palatasi) yangi chaqiruvidagi 336 deputatdan 201 nafari siyosatchi uchun ovoz berdi.

Uning bosh vazirlik uchun kurashdagi raqibi, “Adolat uchun harakat” partiyasi bosh kotibi Umar Ayub Xon 92 ta ovoz oldi.

Sharif 4 mart kuni qasamyod qiladi.

Shahboz Sharif 2022 yilning aprelidan 2023 yilning avgustigacha Pokiston hukumatini boshqargan. Undan oldingi, oʻsha paytdagi “Adolat harakati” partiyasining raisi Imron Xon ishonchsizlik votumi natijasida lavozimidan chetlashtirilgan, keyinroq uzoq muddatga qamalgan edi.

Mavzuga aloqador