Shveytsariyada HAMAS faoliyati rasman taqiqlandi
Shu yilning 15 mayidan boshlab Shveytsariyada HAMAS harakati va unga aloqador tashkilotlar faoliyati rasman taqiqlanadi. Bu qaror mamlakat Federal kengashi tomonidan qabul qilinib, rasmiy hukumat portalida eъlon qilindi.
Qonunning asosiy maqsadi — HAMASning mazkur faoliyatiga qarshi kurashish va uning Shveytsariya hududida har qanday shakldagi qoʻllab-quvvatlanishini oldini olishdir, deyiladi qaror matnida.
Hujjat asosida ushbu harakatga aloqador shaxslar va tuzilmalarga nisbatan jinoiy javobgarlik choralarini qoʻllash osonlashadi. Xususan, ularning mamlakatga kirishini taqiqlash, mavjud boʻlsa, Shveytsariyadan chiqarib yuborish imkonini beruvchi profilaktik choralar joriy etiladi.
Shuningdek, yangi qonun HAMAS tomonidan Shveysariya moliyaviy tizimidan foydalanish ehtimolini cheklashni ham koʻzda tutadi.
Federal kengashning bayonotiga koʻra, 19 aprel kuni ushbu qonun boʻyicha referendum tashabbusini ilgari surish muddati yakunlangani sababli hujjat hech qanday muqobil toʻsiqlarsiz kuchga kiradi.
TASS keltirgan maъlumotda aytilishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi Yaqin Sharqda yuzaga kelgan keskin harbiy-siyosiy vaziyat bilan chambarchas bogʻliq.












