Suriya hukumat kurdlarning SDS guruhi bilan kelishuvga erishdi
Suriya prezidenti Ahmad Ash-Sharъ Suriya demokratik kuchlari qoʻmondoni Mazlum Abdi bilan kelishuvga erishilganini maъlum qildi. Bu kelishuvning maqsadi kurd hududlarini Suriya davlat tarkibiga integratsiya qilishdan iborat.
Suriya va SDS oʻrtasidagi kelishuvning muhim jihatlari:
Barcha suriyaliklar, ularning dini va milliy kelib chiqishidan qatъi nazar, mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
Kurdlar Suriyaning ajralmas qismi sifatida tan olinadi va ularning huquqlari qonun bilan himoya qilinadi.
Butun Suriya boʻylab harbiy harakatlar toʻxtatiladi.
Suriyaning shimoli va sharqidagi barcha davlat va harbiy muassasalar, jumladan, chegara punktlari, aeroportlar va neftь konlari markaziy hukumat nazorati ostida boʻladi.
Barcha qochqinlar oʻz vataniga qaytish imkoniyatiga ega boʻladi va ularning xavfsizligi kafolatlanadi.
Suriya Asad rejimi qoldiqlari va xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashda qoʻllab-quvvatlanadi.
Suriyani parchalash va nafrat targʻib qilish chaqiriqlaridan voz kechiladi.
Kelishuvni amalga oshirish uchun qoʻmitalari yil oxiriga qadar ish olib boradi.
Bu kelishuv AQSh qoʻllab-quvvatlagan Suriya demokratik kuchlari va Suriya hukumati oʻrtasida koʻp yillik toʻqnashuvlardan soʻng imzolandi.
Kurdlar shimol-sharqdagi neftьga boy hududlarni nazorat qilib kelgan va bu erda tez-tez hukumat qoʻshinlari bilan toʻqnashuvlar yuz bergan.
SDS Kurdiston ishchi partiyasi (YPG/PKK guruhi)ning tarkibiy qismi hisoblanadi.













