Suriya xavfsizlik kuchlari brigada generali Abdulkarim Ahmad al-Hamadni qoʻlga oldi. U ilgari Eron Islomiy inqilob gvardiyasi va Suriya harbiylari oʻrtasida vositachilik qilgan.

SANA axborot agentligiga koʻra, Hamad Dayr-az-Zor viloyati xavfsizlik boshqarmasi tomonidan hibsga olingan. U prezident Bashar Asadning ukasi, 4 diviziya qoʻmondoni Mohir al-Asadga yaqin shaxs sifatida tanilgan.

Maъlumotlarda aytilishicha, Hamad Asad rejimi davrida yarashuv boʻlimi rahbari lavozimida ishlagan va Eron-Suriya harbiy aloqalarini mustahkamlashda muhim rol oʻynagan.

Mavzuga aloqador