Suriyadagi hukumatga qarshi guruhlar yana 20 ta qishloqni nazorat ostiga oldi
Janglar Hama markazidan 5 kilometr uzoqlikda davom etmoqda.
Hukumatga qarshi qurolli guruhlar Suriyaning Hama shahri markazidan taxminan 5 kilometr uzoqlikda Bashar Asad rejimi kuchlari bilan toʻqnashib, yana 20 qishloqni nazorat ostiga oldi.
27 noyabrdan buyon Asad rejimi kuchlari bilan toʻqnash kelgan “Hayʻʻat Tahrir ash-Shom” (HTSh) harakati boshchiligidagi hukumatga qarshi guruhlar Hama viloyati markaziga qarab harakat qilmoqda.
Guruhlar Hama markazidan taxminan 5 kilometr uzoqlikdagi rejim kuchlarini toʻpga tutib, yana 20 ta aholi punktini nazorati ostiga oldi. Guruhlar, shuningdek, markaziy Hama hududidagi zirhli kuchlar maktabi, Xattab arsenali, Suruj harbiy bazasi va 25-brigadani qoʻlga kiritdi.
Hama shimolidan oldinga siljishda davom etayotgan hukumatga qarshi guruhlar shaharning sharqiy va gʻarbiy yoʻnalishlarida ham jang olib bormoqda.
Bunga javoban Suriya va Rossiya qoʻshinlari Halab va uning atrofidagi hududlarda muxolifat pozitsiyalariga havodan zarbalar berdi, biroq zarbalar natijasida tinch aholi orasida ham qurbon boʻldi.
Suriyada vaziyatning keskinlashuvi
Suriyaning Halab va Idlib viloyatlarida Asad rejimi kuchlari bilan rejimga qarshi qurolli guruh oʻrtasida bir haftadan beri shiddatli toʻqnashuvlar davom etmoqda.
27 noyabrʻ kuni Suriya shimolidagi Halab viloyatining gʻarbiy qismida Asad rejimi kuchlari bilan rejimga qarshi qurolli guruhlar oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi.
27—28 noyabrʻ kunlari qurolli guruhlar Halabning gʻarbiy tumanlaridan markazga tezlik bilan oldinga oʻtdi va 30 noyabrda markazning katta qismi ustidan nazorat oʻrnatdi.
30 noyabrʻ kuni qurolli kuchlar Xon Shayxun shahrini egallab, Idlibning butun hududi ustidan nazorat oʻrnatdi. Hama viloyatida muxolifat kuchayib bormoqda.
1 dekabrʻ kuni Suriya milliy armiyasi “Ozodlik tongi” operatsiyasi doirasida Tel-Rifat hududini YPG (PKKning Suriya qanoti) terroristlaridan ozod qildi.













