Evropa Ittifoqi 2025–2026 yillar uchun Suriyani tiklashga koʻmaklashish maqsadida qariyb 2,5 milliard evro ajratishni vaъda qildi.


Germaniya 300 million evro ajratib, yordamni asosan oziq-ovqat, sogʻliqni saqlash va favqulodda xizmatlarga yoʻnaltirishini maъlum qildi.


Birlashgan Qirollik hayotiy ehtiyojlarni taъminlash, jumladan oziq-ovqat, ichimlik suvi va taъlim sohalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 160 million funt sterling ajratishga vaъda berdi.


Shveytsariya Suriyaga uzoq muddatli yordam sifatida 73 million evro ajratishni rejalashtirmoqda. Kanada esa 84 million Kanada dollari miqdorida gumanitar yordam ajratishini eъlon qildi hamda mamlakatga nisbatan sanktsiyalarni engillashtirish niyatini bildirdi.

Mavzuga aloqador