Suriya Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari Muhammad al-Shaar 2011 yildan buyon birinchi marta rasmiylarga taslim boʻldi. U Bashar Asad hukumati davrida ichki ishlar vaziri lavozimini egallab, namoyishlarni kuch bilan bostirishda ayblangan va AQSh hamda Evropa Ittifoqi sanktsiyalariga uchragan edi.

Yangi hukumat xavfsizlik kuchlari bir necha kun davomida uni qidirib, reydlar oʻtkazgan. Al-Shaarning taslim boʻlishi Asad hukumati amaldorlari orasida eng yuqori martabali shaxslardan biri qamoqqa olinganini anglatadi.

U 2012 yilda ikki suiqasdga uchragan, jumladan, ichki ishlar vazirligi binosidagi portlashdan engil jarohat olgan.

Mavzuga aloqador