Tayvan: orol atrofida Xitoyning 153 ta samolyoti va 36 ta kemasi qayd etildi
Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Tayvan oroli yaqinlarida keng qamrovli harbiy mashgʻulotlarni oʻtkazdi. Tayvan Mudofaa vazirligi orol atrofida Xitoyning 153 ta samolyoti va 36 ta kemasi qayd etilgani haqida xabar berdi.
Tayvan
Mudofaa vazirligi orol atrofida Xitoyning 153 ta samolyoti va 36 ta kemasi qayd
etilgani haqida xabar berdi.
153 ta harbiy samolyot orol atrofida parvoz qildi, ulardan 111 tasi Tayvan
boʻgʻozini “oʻrta chiziq”dan va Tayvan havo hujumidan mudofaa identifikatsiya zonasi
(ADIZ) deb eʻʻlon qilingan
hududni kesib oʻtdi, deya xabar beradi Tayvan Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqdagi bayonotda.
Bundan tashqari, orol perimetri boʻylab Xitoy harbiy-dengiz
kuchlariga tegishli 14 ta kema va qirgʻoq qoʻriqlash xizmatiga tegishli 12 ta kema aniqlandi, deyiladi
xabarda.
Avvalroq Xitoy Xalq ozodlik
armiyasi Tayvan oroli perimetri boʻylab keng qamrovli harbiy mashgʻulotlar
boshlanganini eʻʻlon qildi. Tayvan boʻgʻozida oʻtkazilgan “Qoʻshma qilich 2024B”
mashgʻulotlariga quruqlikdagi qoʻshinlar, dengiz floti, havo kuchlari, raketa
kuchlari va boshqa qoʻshinlar jalb etildi. Mashgʻulotlar bir kun davom etgan.













