Frantsiya sudi uyushgan jinoyatchilikda ayblanayotgan Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan rasmiy tergov boshladi, biroq u 5 million evro miqdorida garov puli evaziga sudgacha qamoqda boʻlishdan qutildi. Shuningdek, Durovga Frantsiya hududini tark etish taqiqlanib, haftasiga ikki marta politsiya idorasiga kelish topshirildi.