Bugun, 14-may kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon imzolagan qonun bilan (https://khovar.tj/rus/2025/05/prezident-respubliki-tadzhikistan-emomali-rahmon-podpisal-ryad-zakonov-18/) ijtimoiy tarmoqlarda postlarga “layk” va boshqa belgilarni qoʻyganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi. 

Avvalroq, Imomali Rahmon fuqarolar internetdagi materiallarni yoqtirgani uchun qamalayotganidan xavotir bildirgan edi.

Maъlumot uchun, shu paytgacha Tojikiston fuqarolari internetda chop etilgan taqiqlangan materiallarga "layk" bosganlik yoki ulashganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Tojikiston bosh prokurori birinchi oʻrinbosari Umed Karimzoda soʻzlariga koʻra, hozir 1507 nafar fuqaro internetdagi videolar va reportajlarni yoqtirgani, shuningdek, "terroristik va ekstremistik mazmundagi sharh va fikrlarni" yozgani uchun qamoqda saqlanmoqda.

Mavzuga aloqador