Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon parlamentga murojaatida mamlakatda rus tili oʻqituvchilariga boʻlgan ehtiyoj ortib borayotganini maʻʻlum qildi. U fuqarolarga rus tilini bogʻchadan boshlab oʻrgatishni taklif qildi va oʻquv dasturlarini yangilash hamda oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Prezident oʻquvchilarga nafaqat oʻquv anjomlari berish, balki mukammal taʻʻlim berish hamda chet tillarni oʻrgatishning ahamiyatini taʻʻkidladi.

Shuningdek, u mamlakatda maktablar etishmovchiligi muammosini qayd etib, 100 mingdan ortiq oʻquvchi oʻrni yaratish zarurligini bildirdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Tojikistonda rus oʻqituvchilari mehnatini yanada qoʻllab-quvvatlashga vaʻʻda berdi.

Mavzuga aloqador