Donald Tramp saylovoldi vaъdasini bajarib, mamlakat Taъlim departamentini tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. 


Reuters xabariga koʻra, Tramp departamentni samarasizlikda ayblab, unga yoʻnaltirilgan trillionlab dollarlik sarmoya kutilgan natija bermagani, shuningdek, departament yoshlarga irqiy, jinsiy va siyosiy gʻoyalarni singdirishda ayblanayotgani mazkur qarorga asos boʻlganini taъkidlagan


AQShda maktablar boshqaruvi hozirda federal, shtat va mahalliy darajalarga boʻlingan boʻlib, Oq uy rabari taъlim siyosatini shtatlar va mahalliy kengashlar qoʻliga topshirishni maqsad qilgan.


Mamlakatda davlat maktablarini moliyalashtirish asosan shtat va mahalliy hukumatlar tomonidan amalga oshiriladi, federal byudjet esa asosan muhtoj maktablar va maxsus dasturlarga yoʻnaltiriladi. Biroq departamentni toʻliq yopish uchun Kongress roziligi talab qilinadi.

Mavzuga aloqador