Axios’ning xabar berishicha, Donald Tramp Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga keskin ohangda maktub yoʻllab, yangi yadro bitimi tuzish uchun ikki oy muhlat belgiladi. Maktubda, agar Eron muzokaralardan bosh tortsa, ogʻir oqibatlarga duch kelishi mumkinligi aytilgan.  

Tramp “umrbod davom etadigan muzokaralarni” istamasligini bildirgan. Nashr xabariga koʻra, agar Eron AQSh shartlarini rad etsa, Vashington yoki Isroil Eronning yadro obъektlariga harbiy zarba berishi mumkin.  

Tramp avvalroq “Fox News”ga bergan intervьyusida ilk bor Xomanaiyga maktub yuborganini aytgan. Keyinchalik, u Eron bilan munosabatlar “oxirgi chegaraga etganini” va mamlakatning yadro quroliga ega boʻlishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini taъkidlagan.  

Eron etakchisi Ali Xomanaiy esa Trampning muzokaralar taklifini “aldov” deb atab, AQSh Eronni muzokaralardan bosh tortayotganday koʻrsatishga urinayotganini aytgan.  

MAGATE maъlumotlariga koʻra, Eron hozirda 60 foizgacha boyitilgan uran zaxirasiga ega boʻlib, bu 90 foizga etkazilganda yadro qurolini yaratishga etarli boʻlishi mumkin. Tehron esa bunday rejalari borligini qatъiyan rad etmoqda.

Mavzuga aloqador