Tramp Isroilga ogʻir bombalar etkazib berishni qayta tikladi

2025 yil 26 yanvarʻ kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilga ogʻir bombalar etkazib berishni qayta tiklash haqida qaror chiqardi. Bu qaror oʻziga qadar prezident boʻlgan Jo Bayden tomonidan qoʻyilgan taqiqni bekor qildi.

Maʻʻlumotlarga koʻra, AQSh zaxiralaridan 1,8 ming dona MK-84 turidagi ogʻir bombalarni Isroilga etkazib berish rejalashtirilgan. Ushbu qurollar ogʻirligi bir tonnaga yaqin boʻlib, ular asosan havo hujumlarida qoʻllaniladi. Tramp oʻz qarorini izohlar ekan, bu qurollar Isroil tomonidan avvaldan sotib olingani va toʻlovlari amalga oshirilganini taʻʻkidladi.

"Ular bu qurollarni qabul qilishadi. Ular uchun pul toʻlashgan va ancha uzoq kutishgan", — deya Trampning soʻzlarini keltiradi Reuters.

Shu bilan birga, Isroil bu bombalarni Gʻazo sektorida muntazam ravishda qoʻllab, hududni xarobaga aylantirgan. 15 oy ichida ushbu hujumlar oqibatida kamida 47 ming falastinlik halok boʻlgani, 130 mingdan ortiq kishi yaralangani va 15 mingga yaqini bedarak yoʻqolgani qayd etilgan.

AQShning Isroilga qurol-yarogʻ etkazib berish hajmi haqida ham rasmiy maʻʻlumotlar keltirilgan. Unga koʻra, 2023 yil oktyabrʻ oyidan 2024 yil sentyabrʻ oyigacha Isroilga 17,9 milliard dollarlik qurol etkazib berilgan.

Mavzuga aloqador