Tramp Rossiya va Ukrainaga “katta savdo“ vaъda qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp, Rossiya va Ukraina oʻrtasida bu hafta kelishuv imzolansa, har ikkala davlat uchun AQSh bilan “katta savdo” imkoniyatlari ochilishini vaъda qildi.
Truth Social platformasida eъlon qilingan bayonotida Tramp, tomonlar oʻrtasida vaqtinchalik Pasxa tinchlik sulhini olqishlab, Moskva va Kievni doimiy kelishuvga chaqirdi.
“Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi. Shundan soʻng, har ikki davlat AQSh bilan yirik savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyib, katta daromad topa oladi”, deb yozdi Tramp.
Oq uy rahbari oʻz murojaatida Putin va Zelenskiyga murojaat qilib, ular oldida ikki yoʻl turganini taъkidladi: urushni davom ettirish yoki tinchlik oʻrnatib, iqtisodiy hamkorlik orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish.












