Tramp transgenderlarning AQSh armiyasida xizmat qilishini taqiqlavchi farmonni imzoladi

Donalʻd Tramp dushanba kuni AQSh armiyasida muhim oʻzgarishlarni joriy etishga qaratilgan toʻrtta farmonni imzolaganini eʻʻlon qildi. Ushbu farmonlar transgender xizmatchilarning qurolli kuchlarda xizmat qilishini taqiqlash, COVID-19 emlash majburiyati sababli boʻshatilgan harbiylarni qayta tiklash va ularga ish haqini toʻlash, shuningdek, armiyadagi "hilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik" dasturlarini qayta koʻrib chiqishni oʻz ichiga oladi.

Trampning taʻʻkidlashicha, farmonlar Floridadan Vashingtonga qaytish chogʻida imzolangan. Shuningdek, Pentagonning yangi rahbari Pit Xegset bu oʻzgarishlarni amalga oshirishda asosiy rolʻ oʻynashi kutilmoqda.

Tramp 2017 yilda ilk bor transgender xizmatchilarni taqiqlagan edi, biroq 2021 yilda Jo Bayden bu cheklovlarni bekor qilgan. Endi yangi farmon transgender shaxslarning jismoniy va aqliy mezonlarga javob bermasligini asos qilib, ularning xizmat qilishini qayta cheklamoqda.

Yangi farmonlar Pentagonda "hilma-xillik va inklyuzivlik" dasturlarini bekor qilish va armiyani "samaradorlikka yoʻnaltirish" uchun qoʻshimcha choralarni ham koʻzda tutadi.

Bu oʻzgarishlar koʻplab bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Tramp tarafdorlari bu qadamlarni armiyaning asosiy vazifalarini qayta tiklash deb hisoblasa, tanqidchilar ularni tenglik va inson huquqlariga qarshi harakat sifatida baholamoqda.

Mavzuga aloqador